E'lonlar

Faoliyat haqida

Faoliyat haqida

Umumiy ma'lumot

To'liq nomi«Buxoroenergomarkaz» aksiyadorlik jamiyati
Qisqa nomi«Buxoroenergomarkaz» AJ
Tashkiliy-huquqiy shakliAksiyadorlik jamiyati
Yuridik manziliO‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Alpomish ko‘chasi, 5-uy
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasi11.07.2011 y., №522; 04.07.2016 y. №360 raqam bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan
Bank rekvizitlariAT «Uzsanoatqurilishbank» Buxoro viloyat mintaqaviy filiali, h/r 20210000700487304001, MFO 00086, STIR 201430639

Ishlab chiqarish

  • «Buxoroenergomarkaz» AJ 1979 yilda ish faoliyatini boshlagan;
  • Jamiyatda 1 ta suv isitish qozoni hamda 7 ta bug‘ qozonlari mavjud;
  • Ishlab chiqarish quvvati 295,0 Gkal/soatni tashkil etadi;
  • Asosiy yoqilg‘i — tabiiy gaz;
  • Qozonxona Buxoro shahar 4- va 6-kichik nohiyalar hududidagi ko‘p qavatli uy-joy fondini (198 ta ko‘p qavatli uy), 32 ta ijtimoiy soha ob’ektlari, 61 ta issiqxonalar (76 ga) hamda boshqa faoliyat turidagi 24 ta iste’molchilarni issiqlik energiyasi va issiq suv bilan uzluksiz ta’minlaydi;
  • GM 50/14 markali bug‘ qozonlari ishlab chiqargan bug‘ issiqlik almashuvchi uskuna orqali issiq suv holatidagi issiqlik energiyasiga aylantiriladi va D-1250/125 markali tarmoq nasoslari orqali iste’molchilarga yetkazib beriladi;
  • Yiliga o‘rtacha 300,0 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.

Ustav fondi

Jamiyat ustav fondi 644 854,0 ming so‘m bo‘lib, 644 854 dona aksiyani tashkil etadi. Jumladan: yuridik shaxslar ulushi — 79,31 % (489 769 dona aksiya), jismoniy shaxslar ulushi — 20,69 % (155 085 dona aksiya).